O‘zbekiston bokschilari Xitoyda porladi
Xitoyning Sinszyan avtonom okrugida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari «Belt and Road» xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqada Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (−50 kg), Shohrux Abdumalikov (−60 kg), Madiyar Daniyarov (−65 kg), Ruslan Sharipboyev (−90 kg), Madiyar Saidrahimov (+90 kg), Zilolaxon Yusupova (−51 kg), Ruxshona Parpiyeva (−80 kg) kabi bokschilarimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, o‘z vaznlarida Adhamjon Muhiddinov (−65 kg), Safarmurod Allaberganov (−75 kg), Shahzod Polvonov (+90 kg), Sobiraxon Shohobiddinova (+80 kg) kumush, Amirbek Ismoilov (−50 kg), Abdulaziz Jo‘raqulov (−70 kg), Ozodbek Aliyev (+90 kg), Jasmin Tohirova (−48 kg), Sevinch Xurramova (−65 kg), Aysanem Saruarova (−75 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Darvoqe, terma jamoamiz a’zolari Ramz Ahmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiyev, Ozod Hasanov, Baxodirjon Nuriddinov va Rustam Abilovdan iborat murabbiylar qo‘l ostida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini ham o‘tkazdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA