O‘zbekcha Vikipediyaning nufuzi oshmoqda
Yoshlar ishlari agentligining “WikiMarafon (https://t.me/WikiMarafon/544)” loyihasi doirasida “WikiSfera” oromgohi tashkil etildi.
Ushbu loyihada respublikamizning turli hududlaridan 120 dan ortiq yigit-qiz ishtirok etib, o‘zbek tilidagi Vikipediya bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtirdi hamda ochiq ensiklopediyaga o‘zining ilk hissalarini qo‘shdi.


Oromgohdagi qizg‘in jarayonlar yakuniga ko‘ra, o‘zbek tilidagi Vikipediya 60 mingdan ortiq yangi tahrir bilan boyidi. Bu natija ona tilimizning global internet makonidagi mavqeini yanada mustahkamlash va raqamli maydondagi o‘rnini kengaytirishga xizmat qiladi.
E’tiborlisi, ayni paytda “WikiMarafon (https://t.me/WikiMarafon/544)” loyihasi doirasida o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 340 mingdan oshdi va jahon reytingida 38-o‘rinni egallab turibdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA