O‘zbek adibining kitobi Turkiyada nashr etildi
Turkiyaning “Paradigma Akademi” uluslararo nashriyotida o‘zbek yozuvchisi Xolmuhammad Karimiyning qissa va hikoyalardan tarkib topgan “Samarqand fasli” nomli kitobi o‘zbek tilida chop etildi.
Kitobdan o‘rin olgan asarlar zamirida odamlarning o‘zini, o‘zligini tanishga qaratilgan maqsad ilgari surilgan. Va bu maqsad tabiatga, odamlarga, millatga hamda milliylikka nisbatan mehr-oqibatni uyg‘otadi.

Kitob Turkiyada yashovchi millatdoshlarimiz uchun munosib hadya bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Oydin YO‘LDOSHEVA,O‘zA