Ozarbayjon navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazadi
Ozarbayjonda 2024 yil 7 fevralda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi, deyilgan mamlakat rahbari Ilhom Aliyev farmoyishida.
– Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 7 dekabrda davlat rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylov o‘tkazish haqidagi farmoyishni imzoladi, – deyiladi davlat rahbari saytida e’lon qilingan xabarda. – Hujjatga binoan, Markaziy saylov komissiyasiga respublika saylov kodeksida o‘rnatilgan tartibda 2024 yil 7 fevralda navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazishni ta’minlash topshirig‘i berildi.
20 yildan buyon mamlakatga yetakchilik qilib kelayotgan Ilhom Aliyev yana prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishi mumkin. Ozarbayjonda navbatdagi oliy darajadagi saylov 2025 yil bo‘lib o‘tishi kerak edi. Xabarda muddat ko‘chirilishining sababi keltirilmagan.
2016 yil o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, mamlakatda prezident saylovi har 7 yilda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ushbu o‘zgarishdan keyin, ya’ni 2018 yil aprelda Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib saylangan.
Mamlakat konstitutsiyasida prezident saylovida ishtirok etish uchun cheklov yo‘q, shu bois Aliyev davlatning oliy lavozimiga yana nomzodini ko‘rsatishi mumkin.
Ilhom Aliyev boshqaruvida, ya’ni 2023 yil Ozarbayjon Qorabog‘ni qaytarib olib, o‘z hududiy yaxlitligini tikladi.