O‘smir dzyudochilar mamlakat kubogida bahslashmoqda
Surxondaryo viloyatidagi Termiz yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston kubogining ikkinchi kungi bahslari keskin va murosasiz o‘tdi.
Kubok bellashuvlarining navbatdagi kunida o‘smirlar o‘rtasida -60, -66, -73 kg; qizlar o‘rtasida esa -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqada Amirbek Erkinov (Xorazm), Soyibbek Jo‘rayev, Shahobiddin Baxtiyorov, Nigina Umrzoqova hamda Charosoy O‘ktamboyeva (Xorazm) o‘z vazn toifalarida oltin medal bilan taqdirlandi.



Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston kubogi bahslari bugun, 7 may kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Dzyudo muxlislari 8 may kuni Surxondaryoda o‘tadigan xotira turniriga guvoh bo‘ladilar. Mutlaq vazn toifasi g‘olibi avtomobil bilan taqdirlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA