O‘rtoqlik uchrashuvlari: «Real» «Deportivo»ni yengdi. «Arsenal» «Komo» bilan, «MYu» esa «Lids» bilan durang o‘ynadi
Yevropa klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Yevropaning grand jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazishmoqda.
Madridning «Real» klubi «Deportivo»ga qarshi bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin taqdirini hal qilgan golni Braim Dias 45+1-daqiqada qarshi hujumdan kiritdi.
APLning amaldagi chempioni «Arsenal» «Komo»ga qarshi uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etdi. Penaltilar seriyasida londonliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
«Kanonirlar»ning goliga Maylz Lyuis-Skelli (33-daqiqa) mualliflik qilgan bo‘lsa, italiyaliklardan Martin Baturina (43-daqiqa) javob qaytardi.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» «Lids» bilan to‘qnash keldi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilarda «qizil iblislar»ning omadi keldi - 5-4.
Gollarga «Yunayted»dan Joshua Zirkzeye (16-daqiqa), «Lids»dan Eronson (29-daqiqa) mualliflik qildi.