Ortiqov Elbek Elmirza o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Suyuq mahsulotlarning kichik sarflarini o‘lchash usuli va asboblarini takomillashtirish” mavzusida
Ortiqov Elbek Elmirza o‘g‘lining 05.03.01 – “Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Suyuq mahsulotlarning kichik sarflarini o‘lchash usuli va asboblarini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 15 mart kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, “Elektronika va avtomatika muhandisligi” fakulteti, 140-xona.
Tel./faks: 246-46-00. 227-10-32
e-mail: tstu_info@tdtu.uz