Ortiqcha to‘langan summa tadbirkorga undirib berildi
Ma’lumki, mamlakatimizda Biznes-ombudsman tadbirkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi nizolarning oldini olish va ularni hal etish bo‘yicha mas’ul bo‘lib, o‘z faoliyatini xalqaro huquq me’yorlariga to‘la rioya qilgan holda amalga oshiradi. Mazkur tashkilot tadbirkorlarning ishonchli vakili hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Karmana yagona servis” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ bank xodimlari xatti-harakatidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, bank tomonidan jamiyatga kredit ajratilgan. Shu bilan birga, bank tomonidan “On taym” xizmati ko‘rsatilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, bu xizmat ko‘rsatilmagan.
Shu sababli ko‘rsatilmagan xizmat uchun ortiqcha to‘langan 50 million so‘mni qaytarish bo‘yicha tadbirkor Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritadi.
Sud ortiqcha to‘langan summani tadbirkor foydasiga undirilishi bo‘yicha qaror qabul qilganiga qaramay, qarz bank tomonidan jamiyatga to‘lab berilmagan.
Biznes-ombudsman tomonidan ko‘rilgan ca’y-harakatlar natijasida jamiyatga qarzdorlik to‘liq undirib berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA