Orolbo‘yi aholisi uchun bayram tuhfasi
Joriy yilning 28-fevral sanasidan boshlab haftada 2 marotaba dushanba va juma kunlari “Nukus-Beyneu-Nukus” yo‘nalishlari bo‘yicha 651/652-sonli yangi xalqaro yo‘lovchi poyezd qatnovi amalga oshiriladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu poyezdlar belgilangan jadval asosida, ya’ni 651-sonli “Nukus – Beyneu” yo‘nalishi, Nukusdan 00:40 da – Beyneudan 11:40 da, 652-sonli “Beyneu – Nukus” yo‘nalishi (har dushanba kuni) Beyneudan 16:26da – Nukusdan 03:35 da harakatlanadi.
Muborak Ramazon oyi arafasida qo‘shni mamlakat bilan xalqaro yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi Orolbo‘yi aholisi uchun bayram tuhfasi bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri