O‘quv-tajriba ishlab chiqarish kompleksi ochildi
Prezidentimizning 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tarmoqdagi islohotlarda dasturilamal bo‘lmoqda.
Qarorning ijrosini ta’minlash hamda sanoat korxonalari uchun yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash, dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida qulay muhit yaratilmoqda.

Ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash, talabalarni institut hududida ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida o‘quv ishlab chiqarish kompleksi ochildi.

Markaz talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda ko‘nikma berish, bevosita institut xududidan chiqmagan holda amaliyot o‘tab, farmatsevtik uskunalarni ishlatishni o‘rganishiga ko‘maklashadi.