OPEK mavjudligi xavf ostida
“Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti – OPEK mavjudligi xavf ostida”, dedi Eron neft vaziri Bijan Zangane.
“Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti – OPEK mavjudligi xavf ostida”, dedi Eron neft vaziri Bijan Zangane. Uning soʻzlariga koʻra, tashkilotning ayrim aʼzolari maqbul koʻrgan “bir yoqlamalik” halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
U OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi. “Shana” agentligi xabarida qayd etilishicha, bosh kotib va vazir neft eksportiga oid dunyodagi soʻnggi voqealarni muhokama qilgan.