Onlayn-auksionlarning hafta natijalari
Onlayn-auksionlarda 27 ta davlat mulki ob’ekti 1 mlrd. 389 mln. so‘mga sotildi.
Onlayn-auksionlarda 27 ta davlat mulki ob’ekti 1 mlrd. 389 mln. so‘mga sotildi.
Joriy yilning 17 – 21iyun kunlari "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 27ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari, 72ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 29 ta ob’ekt sotildi.
Davlat mulki ob’ektlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 27 ta davlat mulki ob’ekti 9 mlrd. 205 mln. so‘m investitsiya kiritish, 265 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 389 mln. so‘mga sotildi. Bundan tashqari ushbu haftada respublika bo‘yicha 18 ta ob’ekt sotuvga chiqarildi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq
Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 72 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 33 mlrd. 191,89 mln. investitsiya kiritish va 320 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilant 1 mlrd. 143,12 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 129 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 29 ta ob’ekt 4 mlrd. 764,1 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 76 ta ob’ekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Daryo o‘zanlari tozalash huquqi
Ushbu haftada yagona elektron savdo maydonchasida daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan, hafta davomida boshlang‘ich narxi 2 mlrd. 316,9 mln. so‘m bo‘lgan jami 7 ta ob’ekt 2 mlrd. 343,6 mln. so‘mga sotildi.
Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 64 ta boshlang‘ich narxi 25 mlrd. 15,9 mln. so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Metall qazib olish huquqi
Hafta davomida jami 3 ta boshlang‘ich narxi 21,5 mln. so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha uchastkalari 22,5 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida jami 10 ta boshlang‘ich narxi 75 mln. so‘mlik, qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 23 ta boshlang‘ich narxi 172,5 mln. so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklari
Ushbu haftada 7 ta yuridik tashkilotlarning jami 18 ta mol-mulklari "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida sotilgan bo‘lib, shundan: 14 ta boshlang‘ich bahosi 333 mln. so‘m bo‘lgan avtotransport vositalari 479 mln. so‘mga, shu bilan birga 4 ta boshlang‘ich bahosi 24 mln. so‘m bo‘lgan boshqa mol-mulklari 26 mln. so‘mga sotildi. Ya’ni, o‘z mol-mulkini aynan www.e-auksion.uz sayti orqali savdoga chiqargan jismoniy va yuridik shaxslar uchun elektron onlayn-auksion natijalari kutilganidan ham samaraliroq bo‘ldi.
Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan ob’ektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi”
DUK PR xizmati