Ommaviy sport o‘yinlari
Navoiyda “Otam, onam va men – sportchi oila” sport o‘yinlarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Navoiyda “Otam, onam va men – sportchi oila” sport o‘yinlarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 10 oilaviy jamoa arqon tortish, to‘siqlar osha yugurish, xalqa aylantirish kabi shartlar bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi.
Navoiy shahridan Shodiyevlar oilasi birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Xatirchi tumanidan Haqberdiyevlar oilasi ikkinchi, Navbahor tumanidan Qudratovlar oilasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.