Ombudsman vakillari tergov hibsxonasida o‘rganish olib bordi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar Ombudsmani) minaqaviy vakillari 6-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida hibsxonada saqlanayotgan maxsus kontingent, jumladan, voyaga yetmagan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ularning huquq va qonuniy manfaatlari, murojaatlari hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Hibsxonada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati hamda voyaga yetmaganlar uchun tashkil etilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif yakunida o‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.
N.Abduraimova,
O‘zA