Oltiariqning har bir xonadonida fayz bor
Soʻlim Fargʻonaning munis bagʻrida, bor oltiariqdan suv ichgan qishloq...
Soʻlim Fargʻonaning munis bagʻrida,
bor oltiariqdan suv ichgan qishloq...
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tomonidan taʼriflangan bu goʻsha oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Oltiariqlik yana bir taniqli shoir Anvar Obidjon uzum, bodring va turup haqida juda koʻp yozgan. Bu ijodkor Oltiariq tuprogʻini oltinga qiyoslagani ham bejiz emas.
Darhaqiqat, bu tumanga Xizr nazar qilgan. Tuproq bilan tillashish va dillashish hadisini olgan oltiariqliklar uzum yetishtirish borasida juda katta hayotiy tajribaga ega. Shu bois aholi tomorqasi, hatto koʻchalarda ham bir qarich yer boʻsh qolmaydi. Oltiariqda bir sotix yer ham daromad manbai. Shunga munosib tarzda oltiariqliklarning yashash va turmush farovonligi yildan yilga yuksalib bormoqda.
Bugun Oltiariq tumaniga borgan kishi ularning mirishkorligidan tashqari yana bir narsaga guvoh boʻladi. Bu barcha qishloqlardagi uylarning oldidagi uzum ishkomlari. Biror xonadonga mehmonga kelsangiz, albatta, fargʻonacha lutf bilan kutib olishadi hamda bir piyola choyga taklif qilishadi.
Fargʻonada har kuni erta tongdan hovliyu koʻchalarni supurib, suvlar sepish odatga aylangan. Ayniqsa, qishloq koʻchalarini kezarkansiz, sarishtalikdan dilingiz yayraydi. Xalqimizning har bir xonadoni oʻziga xos. Hozirgi kunda bahorgi ishlar yana-da avj olgan. Kimdir tomorqasidagi, yana kimdir esa koʻchadagi obodonlashtirish ishlari bilan band. Oltiariqliklarning moʻjaz xonadoni oʻzlaridek istarali, fayzli. Quyosh bosh koʻtarmasdan kelinlar hovlini supir-sudir qilishni boshlaydi.
–Ilgarilari qishloqlarda uy-joylarga unchalik eʼtibor berilmasdi, – deydi Qapchugʻay qishlogʻida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Mutalibjon Xoʻjayev. – Bugun esa vaziyat umuman oʻzgardi. Pishgan gʻishtdan uylar qad rostlayapti. Paxsali uylar deyarli qolmadi. Mana, oʻzingiz xonadonimni bir koʻring. Oshxona, tandirxona, hammom, hojatxona... Shahardan qolishmaydigan sharoit qilganman. Kelinlarimga ust-boshlarni yuvish uchun zamonaviy maishiy texnikalarni olib berganman. Qishin-yozin issiq suv bor. Sarishtalikka doimo eʼtibor qaratganim uchun ham bu odat barcha oila aʼzolarimga “yuqqan”.
Haqiqatdan ham bugun qishloq koʻchalarini kezarkansiz, kimdir imorat qurishga kirishgan, yana kimdir uyini taʼmirlayotganini koʻrasiz. Oltiariqda har bir koʻchaning tarovati va fayzi bor.
Tumandagi “Uzumchi” mahallasining taʼrifi yurtimizning barcha hududlarida mashhur. Bu yerdagi uzum yetishtirish va uni saqlashda oʻziga xos tajriba yaratilgan. Har bir hovlida uzum ishkomlari bor. Mahallada may oyigacha uzum saqlanadi. Ularning bu boradagi mahoratiga qoyil qolmay ilojingiz yoʻq.
“Uzumchi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Sherali Moʻminovning aytishicha, hududdagi 704 ta xonadonda uch mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati uzum, bodring, qalampir yetishtirish bilan shugʻullanadi. Albatta, mehnat qilgan shunga yarasha daromad ham koʻryapti. Bularning evaziga toʻylar boʻlyapti, uylar qurilyapti. Eʼtiborli jihati, bu mahalladagi har bir xonadonda avtomashina bor. Har bir oiladan kimdir haj amalini bajarib, “hoji” degan nomga sazovor boʻlgan.
Isaqjon Boymatov, Ergashali Mamajonov, Sobirxon Mamasottiyev, Rahmonjon Yoʻldoshev kabi ibratli oilalarga barcha havas bilan qaraydi. Ularning xonadonidagi uy tutumi, obodligi barchaga oʻrnak.
Jaloliddin Boymatovning xonadonidamiz. Uch nafar farzand kamol topayotgan bu oila mehnatkashligi bilan eʼtiborga tushgan. Uy egasining uzumchilikdagi tajribasiga rosti qoyil qoldik.
–Uzumni xuddi yangi uzilgandek, bandini koʻm-koʻk holda saqlayapmiz, –deydi Jaloliddin. – Buni “baklashka uslubi” deydi. Bunda pishgan uzumni kaltagi bilan kesib, oʻsha xalq “baklashka” deydigan plastik idishga solib qoʻyamiz. Hozir ham ana shu usulda saqlanayotgan uzum bor.
Uning moʻjazgina xonadonida yetarli sharoitlar yaratilgan. Oʻtgan yilda daromadi hisobidan yangi uy qurdi. Unda alohida mehmonxona, hammom bor.
Bugungi kunda Oltiariq tumanida 72 ta mahalla fuqarolar yigʻini faoliyat koʻrsatmoqda. Poloson, Povulgʻon, Eskiarab, Fayziobod, Zilxa, Azimobod kabi qishloqlardagi obodonchilik va sohibkorlik ishlari tahsinga loyiq.
Yaxshisi, Oltiariqqa bir keling. Bu yerdagi yangilanishlarni oʻzingiz guvohi boʻling. Shunda oʻzingiz tuman ahlining mehnatkashligi va mirishkorligiga tasannolar aytasiz!..