“Olimpiya o‘yinlarini hech narsa to‘xtata olmaydi”
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Jon Koutis hanuz davom etayotgan Covid-19 xavf-xatarlariga qaramay, Tokio Olimpiadasini davom ettirishga hech narsa to‘sqinlik qila olmasligiga qat’iy qaror qildi.
Fransiya axborot agentligi (AFP) tomonidan so‘nggi bosqich o‘yinlarining ssenariysi bekor qilinishi yoki yana qoldirilishi mumkin degan mish-mishlarga aniqlik kiritishni so‘raganida vitse-prezident J.Koutis “Biz Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga bilan barcha xavfsizlik choralari ustida ishlayapmiz. Olimpiya o‘yinlarini hech narsa to‘xtata olmaydi”, deb javob berdi.
Ammo Tokio va Yaponiyaning boshqa hudularida juma kuni uzaytirilgan pandemiya va virusga qarshi favqulodda holatni hisobga olgan holda, Olimpiya o‘yinlari atrofidagi turli bahsli savollar hali davom etmoqda.