“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”
Bugun Toshkent fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostidagi fotoko‘rgazma ochildi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar uyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu fotoko‘rgazmadagi 120 dan ortiq fotosuratlarda Navro‘z Milliy bayrami, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyati, milliy udumlari, xalq milliy o‘yinlari, milliy raqs san’ati va turli uslubdagi liboslari, sayllar, bahor ramziy taomi bo‘lgan — sumalakning tayyorlanish jarayonlari mahorat bilan aks ettirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eww-CVMriGA" title="“Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA