Ohangaronlik ayollar muammolarini mas’ullar nazoratga oldi
Ohangaron tumani &Yangi hayot& mahalla fuqarolar yig‘inida &Ayollar daftari&da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarga psixologik va huquqiy ko‘mak berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqdi.
Unda Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Malika Qodirxonova, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva, tuman hokimi Abdurasul Abdullayev, psixologlar, huquqshunoslar va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Hozir hududda 30 yoshdan yuqori ayollar 20 ming 856 nafarni tashkil etib, shundan tibbiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand ayollar 342 nafarni, huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar 511 nafarni, psixologik maslahatga muhtoj ayollar 199 nafarni tashkil etadi.

Tadbir doirasida mazkur toifalarga kiritilgan 542 nafar ayol qatnashdi. Ularning har biri mutaxassislar bilan o‘z muammolari bo‘yicha kerakli savol-javoblar o‘tkazdi. Zarur maslahatlar berildi.
Shuningdek, 182 nafar ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli dori-darmonlar tarqatildi. Huquqiy yordam olishga muhtoj 152 nafar ayolning murojaatlari joyida bartaraf etilib, ayrim yo‘nalishlarda tegishli maslaxatlar berildi.
Tadbir doirasida psixologik maslahatga muhtoj ayollar bilan ham alohida suhbatlar tashkil etildi. Toshkent viloyat “Qizil yarim oy jamiyati” tomonidan “Yalpoqtepa”, “Yangihayot”, “Eyvalek”, “G‘allaquduq”, “Tut”, “Shovg‘oz” mahalla fuqarolar yig‘inlari yashovchilarga gigenik sanitariya vositalari tarqatildi.
Shuningdek, Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova Nurafshon shahrida ham sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy muammolar bilan murojaat qilgan fuqarolarning masalalari joyida o‘rganib chiqildi. Hal bo‘lishi vaqt talab etuvchi ayrim muammolar alohida nazoratga olindi.
Jumladan, Chirchiq shahrida yashovchi 3 nafar farzandi bor fuqaro B.Qosimovaga moddiy yordam ko‘rsatilib, farzandi maktabga borish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlar to‘g‘irlab berilishi yuzasidan mas’ul shaxslar biriktirildi.
Bekobod shahrida yashovchi U.Nurmatova avtohalokat tufayli o‘ng oyog‘idan ajralgani, hozirgi kunda protezga muhtojligi yuzasidan qilgan murojaati Senat nazorati ostida tez orada ijobiy hal qilinishi aytildi.

Yangiyo‘l tumanidan kelgan fuqaro R.Kamalov o‘zi yashab turgan hududdagi umumta’lim maktabiga yaqin joyda (oraliq masofa 150 metr) alkogol mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanadigan do‘kon faoliyati qonunchilik normalariga to‘g‘ri kelmasligi bo‘yicha qilgan murojaati ham o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi. Holat qonunchilikda belgilangan talablar asosida hal etilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Umuman olganda, sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan turli masalalarni mutasaddilar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, sayyor qabul doirasida Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Bahor” Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududida aholi turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha kelib tushgan murojaat aholi vakillari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
A.Musayev, O‘zA