O‘g‘lonlarimizga to‘siqlar pisand emas
Vatan sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrash er yigitning burchidir. Qo‘shinlarimizda olib borilayotgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ana shunday mard va jasur yurt posbonlari chiniqib toblanmoqda.
Yurt o‘g‘lonlari dala o‘quv maydonlarida tashkil etilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda o‘z bilim va qo‘nikmalarini muntazam oshirib bormoqda.

Quva garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari dala o‘quv yig‘inida suv havzasida nishonni yo‘q qilish va suvli to‘siqlardan o‘tish mashg‘ulotlarini yangicha uslublarda olib borish mashqini mustahkamladi.

Bu haqda Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati ЎзАга xabar berdi.
Mashg‘ulotlar davomida yurt o‘g‘lonlari to‘siqlarni yengib o‘tish, yashiringan shartli dushmanni aniqlash hamda tezkorlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.