Og‘ir xastalikka chalingan bolalar uchun 1 milliard so‘m mablag‘ yig‘ildi
Kichik ijodkorlarning ulkan maqsad yo‘lidagi birlashishi jamiyatimizdagi eng olijanob tashabbuslardan biriga aylandi.
Ma’lumki, yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri maydonida “Mohir fortepianochi” tanlovi g‘oliblari ishtirokida yirik xayriya konserti bo‘lib o‘tgan edi.
Quvonarlisi, ushbu konsert chiptalari sotuvidan jami 1 milliard so‘m mablag‘ yig‘ildi.
Ushbu yig‘ilgan barcha mablag‘lar og‘ir xastalik bilan mardona kurashayotgan bolajonlarning davolanishiga ko‘maklashish va ularning hayotini saqlab qolish maqsadida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga to‘liq o‘tkazib berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA