“O‘FA kubogi-2024” da yarim finalchilar aniq bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda futzal bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubogi-2024” bo‘lib o‘tmoqda. “Bunyodkor” hamda “Yunusobod” sport zallarida guruh bosqichlari nihoyasiga yetdi.
Bugun chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Uning natijalari bilan tanishing: “Qizilqum” – OKMK 2:5, “Buxoro” – “Bunyodkor” 3:4, “Sevinch” – “Andijon” 7:1, “So‘g‘diyona” – “Neftchi” 7:0.
Ertaga “Yunusobod sport majmui” da yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda OKMK – “Sevinch” hamda “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” jamoalari finalga chiqish uchun maydonga tushadi.
[gallery-15623]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA