Odilov Sarvar Akramovichning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Sirdaryo viloyati suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlash va baholash” mavzusida
Odilov Sarvar Akramovichning 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligidan “Sirdaryo viloyati suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlash va baholash” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2024-yil 6-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi 4-uy. O‘zbekiston Milliy universitetining Ekologiya fakulteti binosi, 2-qavat. 203-xona.
Elektron onlayn manzil: https://us04web.zoom.us/j/77365613506?pwd=n4fOzDzTrRA2Liqyp4GwXl5MAlozUA.1
Tel.: (+99871) 246–02–24; faks: (+99871) 246–58–34;
ye-mail: devonxona@nuu.uz