Odam savdosi – asr muammosi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “Istiqbolli avlod” Respublika ijtimoiy axborot markazi bilan hamkorlikda, AQSH elchixonasi INL (International Narcotics and Law Enforcement Affairs) bo‘limining “O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirish” deb nomlangan hamkorlik loyihasi doirasida tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 8 fevralidagi “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyati atroflicha tushintirildi.
[gallery-4784]
Ishtirokchilar tomonidan seminar davomida NNTga tushgan odam savdosi holati bo‘yicha keyslar muhokamasi o‘tkazildi, dastlabki identifikatsiya va qayta yo‘naltirish borasida tavsiyalar berildi.
Seminar-trening so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA