OChL: “Paxtakor” pley-offga chiqadimi yoki...?
Bugun Osiyo Chempionlar ligasida guruh bosqichining 6-tur o‘yinlariga start beriladi.
Bugun Osiyo Chempionlar ligasida guruh bosqichining 6-tur o‘yinlariga start beriladi.
Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi mehmonda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qarshi bahs olib boradi.
OChLning pley-off bosqichiga beriladigan yo‘llanmalar uchun kurash olib borayotgan bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin O‘zbekiston vaqti bilan soat 24:00da Jidda shahridagi “Qirol Abdulloh sport siti” stadionida boshlanadi. Ayni paytda “sherlar” 8 ochko jamg‘argan holda guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. “Al-Ahli” jamoasi esa 6 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
OChLning “D” guruhida ispaniyalik futbol afsungari Xavi faoliyat olib borgan “Al-Sadd” (Qatar) klubi 10 ochko bilan pley-off yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan. Agar bugun “Paxtakor” g‘alaba qozonib, qatarliklar mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham jamoa 2-o‘rindan pastga tushmaydi. Shota Arveladze shogirdlarini esa bugun mag‘lubiyatdan bo‘lak har qanday natija keyingi bosqichga olib chiqadi. Shunday ekan, bo‘lajak o‘yinda “sherlar”ga omad va zafar tilab qolamiz.
OChL, 6-tur
20 may, Jidda. “Qirol Abdulloh sport siti” stadioni
“Al-Ahli” – “Paxtakor”