Obodlikdan zavq tuyadigan orasta opalar
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Har kuni erta tongdan ishga, o‘qishga yoki biror yumush bilan ko‘chaga chiqar ekanmiz, shahrimiz bo‘ylab ozodalik, saranjom-sarishtalikni ko‘rib bahri dilimiz ochiladi.
[gallery-6048]
Ko‘ngilga xush yoquvchi bunday manzara yaratuvchilari esa oramizda. Ular quyosh ufqdan bosh ko‘tarmay ish boshlaydi. Qahraton qishning ayoziyu, jazirama yozning sovug‘ida ham tinim bilmaydi. Ko‘cha-xiyobonlarni chang g‘ubordan, turli chiqindiyu, xas-xashakdan, kuzda esa xazondan tozalaydi. Gul ekadi, ko‘chatlar parvarishlaydi. Atrofni obod qilib, zavq tuyadi, halol mehnatidan dili yayraydi. bugungi qahramonlarimizni allaqachon tanigandirsiz? Ha, ular shahrimiz ozodaligiga mas’ul orasta opalar. Ular Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tarkibidagi tozalash obodonlashtirish boshqarmalarida mehnat qiladi.
Kamola Yusupova, Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA