OAV vakillari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” start oldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasiga start berildi.
Mazkur turnir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning ochilish marosimida tashkilotchilar rahbariyati, shuningdek, musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar vakillari qatnashdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, jami 22 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lindi. Guruh bosqichi uchrashuvlari 6-may kunidan boshlanib, 7-mayga qadar davom etadi. 8-may kuni esa final bahslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
[gallery-29235]
Ayni paytda guruhlarda dastlabki tur uchrashuvlari qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
Ushbu musobaqa jurnalistlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijodiy jamoalar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, sport orqali birlik va hamjihatlik muhitini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Javohir Toshxo‘jayev, Sarvar O‘rmonov O‘zA