OAV: Braziliyada koronavirusning yangi "serber" varianti tarqalmoqda
Koronavirusning BQ.1 variantiga norasmiy ravishda "serber" nomi ham berilgan. Pandemiyaning yangi to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin, deb ta’rif berilayotgan mazkur variant Braziliyaning ikkita shtatida aniqlandi, deb ma’lum qilmoqda G1 portali CEVS salomatlikni nazorat qilish davlat markazi ma’lumotiga tayanib.
"COVID-19ning yangi BQ.1 varianti Riu-Grandi-du-Sul shtatida qayd etildi. Avvalroq virus Rio-de-Janeyroda ham aniqlangan edi", – deyiladi xabarda.
"Omikron" shtammidan kelib chiqqan koronavirusning BQ.1 varianti boshqa viruslar bilan solishtirganda, anchayin tez yuqishini ko‘rsatgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virusning ushbu turi tarqalishi mamlakat sog‘liqni saqlash tashkilotlarini xavotirga solmoqda.
"Serber", deb nom olgan mazkur variant qo‘shimcha mutatsiyaga ega bo‘lib, kamida 30 ta mamlakatda qayd etilgan.
Shuningdek, ayrim virusologlar koronavirusning "serber" varianti xavfsiz ekani, masalan "delta" variantiga qaraganda yengil o‘tishini, lekin tez yuquvchanligini ta’kidlamoqda.