Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining faoliyati ham masofaviy davom ettirilmoqda
UYDA QOLING!
Ayni damda uyda qolish kun tartibidagi dolzarb masala boʻlib turibdi. Mana shunday sharoitda koʻpgina korxona va tashkilotlar ichki imkoniyatdan kelib chiqib masofaviy ishlash tartibiga oʻtishgan. Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi ham bundan mustasno emas. Tokio olimpiadasi oldidan tayyorgarlik va mashgʻulotlar, nufuzli musobaqaga hozirlik muhim.
Bu borada ishlar qay tarzda olib borilayotgani va boshqa bir qator koʻpchilikni qiziqtirgan savollar bilan Assotsiatsiya raisi Sherzod Tashmatovga murojaat qildik.
– Sherzod Rixsiboyevich, yurtimizda murakkab bir vaziyat kuzatilmoqda. Pandemiya sabab mamlakat boʻylab karantin joriy qilingan. Ammo shunga qaramasdan, oldimizda turgan masʼuliyatli vazifalar koʻp. Bunday vaziyatda taekvondo WT assotsisiyasi qanday faoliyat olib bormoqda?
– Albatta bugungi kunda tashkilot oʻz faoliyatini uydan turib davom ettirayapti. Bu murakkab vaziyat butun dunyoda kuzatilmoqda va u sportchilarni ham chetlab oʻtgan emas. Shu sabab Tokio olimpiadasi ham 2021-yilga qoldirildi. Ammo toʻrt yillikning nufuzli musobaqasi qoldirilgan boʻlsada taekvondochilarimizning tayyorgarliklari bir muddatga boʻlsada kechikkani yoʻq. Bu borada Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasining yordamini alohida eʼtirof etishim kerak. Sportchilarimizning ruhiyati tetik va biz ular uchun mukammallashgan maxsus dasturlar ishlab chiqqanmiz.
– Aynan qanday dastur haqida gap ketyapti?
– Bu dastur “masofaviy boshqarish” boʻlib murabbiy va sportchilarni kunlik mashgʻulotlarini video orqali nazorat qilib borish bilan birga kerakli boʻlgan vazifalarni, yuklamalarni berishmoqda. Bu jarayon shuningdek psixolog, shifokorning kun tartibidan ham joy olgan. Qolaversa, murabbiylarimiz va yosh taekvondochilar internet imkoniyatlaridan foydalangan holda mashgʻulotlarni davom ettirishayapti. Chet ellik mutaxassislar bilan muntazam ravishda fikr almashib turibmiz. Bir soʻz bilan aytganda, faoliyatimiz davom etmoqda.
– MOKda tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyatiga ham toʻxtalib oʻtmoqchi edim, chunki aynan mana shu shtabni siz boshqarasiz, shu haqida maʼlumot bersangiz?
– TEZKOR SHTAB – bu bizning sportdagi yangi qadamimiz. Uning asosiy maqsad, vazifalari aniq belgilab olingan. Shtab aʼzolari tajribali murabbiylar va yetakchi sportchilarning yashash sharoitlari, kundalik tartibi, ish rejasi, qilinishi kerak boʻlgan vazifalarini keng qamrovli oʻrganib chiqmoqda va barcha kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilyapti. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan sport federatsiyalari va assotsisiyalarining rahbarlari, sportga fidoiy masʼullar bilan birgalikda har kuni mukammallashgan tizim asosida ish olib boryapmiz. Nasib qilsa bu tizim yaqin orada oʻzining ijobiy natijasini berishiga umid qilamiz.
– Karantin davrida yana qanday ishlar bilan mashgʻul boʻlyapsiz?
– Odatda, murabbiylar, sportchilar va federatsiyalar rahbarlari turli tadbirlar, tashkiliy masalalar, musobaqalar yoki oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari sabab oila davrasida kam boʻlishadi. Oila har birimiz uchun – Vatan ichidagi kichik vatandir, jamiyatning ajralmas boʻlagi, tabiatning shoh asaridir. Toʻgʻrisi, bugungi kunda biroz ishimiz koʻpayib vaqt topa olmayotgan oila-aʼzolarimiz davrasida ular bilan uy yumushlarini qilyapmiz.
– Karantin davrida uydagi kun tartibingiz qanday rejalashtirilgan?
– Oilam bilan har kuni ertalab turib birinchi navbatda tonggi badantarbiya mashqlarini bajaramiz. Keyin kompyuter qarshisiga oʻtirib, soʻnggi yangiliklar bilan tanishaman. Assotsiatsiyamiz xodimlari, mutaxassislarimiz va sportchilar bilan bogʻlanib, qilingan ishlar hisoboti va rejadagi ishlarni muhokama etib olamiz. Shundan soʻng farzandlarim bilan kitob oʻqish, shaxmat-shashka oʻynash, birgalashib televizor koʻrish va albatta mashgʻulotlarga vaqtim boʻlayapti. Buni barchaga tavsiya qilaman va yurtdoshlarimizga, “uyda qoling, oilangiz davrasida boʻling, shunda koronavirusni birgalikda yengamiz!” demoqchiman.
– Bilasiz jurnalist xalqi qiziquvchan boʻladi maʼlumotlarga qaraganda sizning oilangiz sportchilar oilasi va farzandlaringiz xalqaro musobaqalarda sovrindorlar safidan joy olgan ekan?
- Sport salomatlik garovi. Bizning oila bunga amal qiladi. Toʻngʻich farzandim Ali xapkido bilan 9 yildan beri shugʻullanib keladi va u Jahon chempionatining kumush medali sohibi shuningdek Osiyo chempioni, qizim taekvondo va badiiy gimnastika, kichik oʻgʻlim esa taekvondo bilan shugʻullanadi. Ular qaysi bir sohani egasi boʻlmasin oʻz salomatliklari uchun shugʻullanishi kerak. Shu oʻrinda tabobat ilmining sultoni bobomiz Abu Ali Ibn Sinoning hikmatlaridan keltirmoqchiman: Oʻz vaqtida, meʼyori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yoʻlamaydi.
– Bilamiz sportda katta tajribaga egasiz. Faoliyatingiz davomida muaytay, boks boʻyicha terma jamoalarimiz vakillari dunyoda tengsizlar qatorida eʼtirof etildi, ular oʻzbek sportida yangi sahifa ochib berishdi. Biz boshqa sport turlarida ham mana shunday natijaga erisha olamizmi?
– Albatta erisha olamiz, buning uchun avvalo inson har bir boshlagan ishiga mehr qoʻyishi kerak. Ortiqcha balandparvoz gaplarni aytmoqchi emasman. Yurtimizda sportchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlsayu biz nima uchun undan foydalanmasligimiz kerak. Avvalo, mamlakatimizning chekka-chekka hududlaridan qalbi olov, koʻzi yonib turgan shu ona tuproq uchun yurt uchun kamarbasta boʻlishga bel bogʻlagan yoshlarimiz koʻp. Faqatgina biz ularni yoʻnaltira olishimiz, maʼnaviyatni shakllantirishimiz va ularda Vatanga boʻlgan mehr hissini uygʻota olishimiz hamda millat tayanchi ona vatan ishonchi boʻlishimiz kerak.
– Intervyu uchun rahmat, hamyurtlarimizga karantin damlarida aytar soʻzingiz?
– Barchamiz uyda qolaylik. Bu juda oddiy, mushkul ish emas. Farzandlarimiz bilan dars qilaylik, anchadan beri niyat qilib, lekin vaqt topolmay yurgan kitoblarimizni oʻqiylik, audiodarslar yordamida til oʻrganaylik. Shu oddiy qoida bilan oilamizni, mahallamizni, Oʻzbekistonimizni koronavirusdan himoya qilaylik!
Qalb amirga quloq tuting, biz bormiz, biz birmiz va biz bu imtihondan ham birgalikda muvaffaqiyatli oʻtamiz!

M.MURODOVA suhbatlashdi.