O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2014-yil 24-25-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama etiladi. Davlat rahbarlari dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar.