O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Poytaxtimizda 8 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha «Kamolot kubogi» musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda 8 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha «Kamolot kubogi» musobaqalari bo‘lib o‘tdi.Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda O‘zbek jang san’ati federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzdan ziyod qiz yakkama-yakka kurash va kompleks mashqlarni bajarish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Buning samarasida sport mashg‘ulotlariga qatnayotgan qizlar safi kengaymoqda.
Musobaqada vazn va yosh toifalariga ko‘ra Go‘zal Peysenova, Sevinch Hotamova, Farangiz Valijonova, Dildora Abdusattorova, Hurriyat Rahmonaliyeva, Ma’mura Mahmudova, Sarvinoz Azimova, Mohinur Shukurillayeva, Nigina Farmonova, Nargiza Saidova, Ruxshona Muhammadjonova, Farangiz Obidova, Sitora Abdurahimova, Nigina Farmonova kabi sportchilar shohsupaga ko‘tarildi.