Oʻzbekiston arxiv tizimi 100 yoshda
Bu yil Oʻzbekistonda arxiv tizimi rasman tashkil topganiga 100-yil toʻldi - 1919-yil 5-noyabrda yurtimizda birinchi arxiv tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shu munosabat bilan Navoiyda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar mamlakatimizda arxiv tizimining tarixi va buguni, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar xususida batafsil maʼlumotga ega boʻldi.
– Navoiy yurtimizning kenja viloyati hisoblanadi, – deydi viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi Sayyora Bekova. – Viloyat sifatida tashkil etilgunga qadar hududning goh u, goh bu viloyat tarkibiga qoʻshilgani arxiv sohasiga ham salbiy tasir koʻrsatgan. Yaʼni, viloyatga daxldor hujjatlar yoʻqolishiga, baʼzilarining esa sifati yomonlashuviga sabab boʻlgan. Bugun hududda viloyat davlat arxivi, 7 ta shahar va tuman davlat arxivlari va 4 ta shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari mavjud boʻlib, ularda 100 nafarga yaqin mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda arxivlarimizda 272 ming 750 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Ularning 196 ming 528 tasi boshqaruv, 76 ming 222 tasi shaxsiy tarkib hujjatlaridir.