Nurotalik yoshlar sportda yuqori natijalarga erishmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Nurota tumani sport maktabida yoshlarni ommaviy sportga jalb etish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sport maktabi tasarrufida bir nechta sport majmuasi faoliyat yuritadi. Tumanda jami 15 ta sport inshooti, jumladan, sport zallari, futbol, basketbol va voleybol maydonlari, suzish havzasi hamda sun’iy qoplamali futbol maydonchalari yoshlar ixtiyoriga topshirilgan.
[gallery-30370]
Ayni paytda sport maktabida olimpiya, paralimpiya, milliy va noolimpiya sport turlari bo‘yicha 49 nafar murabbiy faoliyat yuritmoqda. 124 ta sport guruhida 1 ming 572 nafar o‘g‘il-qiz muntazam mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Sport maktabi tarbiyalanuvchilari viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, turli darajadagi medallarni qo‘lga kiritmoqda. Xususan, parasuzish, belbog‘li kurash va armrestling bo‘yicha yuqori natijalar qayd etilgan.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA