Nurotada lavanda yetishtirilib, qayta ishlanadi
Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi “Chuya” mahallasi hududida “FHH GARDEN FLOWER” MCHJ tomonidan 500 gektar yer maydonida umumiy qiymati 2,5 million dollar bo‘lgan lavanda o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ikki bosqichdan iborat mazkur loyihaning birinchi bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1 million AQSH dollar xorijiy investitsiya kiritish hamda 10 ta doimiy va 70 ta mavsumiy ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, dastlab yer unumdorligi oshirilib, lavanda va na’matak ko‘chatlari ekiladi.


Loyihaning ikkinchi bosqichida 1,5 million AQSH dollar xorijiy investitsiya kiritish hamda 20 ta doimiy va 150 ta mavsumiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
A.Bo‘riyev, O‘zA