Nurafshon – qisqa fursatda qad rostlagan nurli maskan (+video)
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi va oilalar tinchligini ta’minlash orqali farovon jamiyatga munosib shaxslarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning poydevori esa mahalladan boshlanadi.
Davlatimiz rahbarining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda “Buvijonlar maktabi” tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Toshkent viloyatining Nurafshon shahriga tashrifi asnosida u yerda aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Mazkur shaharda yaratilgan imkoniyatlar va bundan aholining mamnunligi to‘g‘risida Toshkent viloyati Nuroniylar jamg‘armasi qoshidagi “Buvijonlar maktabi” rahbari Bahriniso Teshayeva o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Videosi qoida:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/LrKFvQ5xmes?si=XdCed7pf6MT-Oa-x" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo HOJIAKBAROVA,
O‘zA