Nur qaytargich nima uchun kerak?
Har qanday transport vositasining orqa gabarit chiroqlari nosoz bo‘lsa yoki nur qaytargichlari bo‘lmasa, ayniqsa tungi vaqtlarda orqada harakatlanayotgan haydovchiga qiyinlik tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.
Har qanday transport vositasining orqa gabarit chiroqlari nosoz bo‘lsa yoki nur qaytargichlari bo‘lmasa, ayniqsa tungi vaqtlarda orqada harakatlanayotgan haydovchiga qiyinlik tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.
Ayniqsa, qish mavsumi kelayotgani munosabati bilan gabarit chiroqlarining soz holda ishlashi, yuk avtomobillari bortining yon va orqa tomonlarida nur qaytargichlarning bo‘lishi har bir haydovchiga qo‘yiladigan talablardan biridir.
Toshkent viloyat IIBB YHX boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 30 oktabr kuni 9 ta yuk avtomobillari avtoturargohida va avtomobil yo‘llarida hamda YPX maskanlarida jami 654 yuk avtomobili nazorat tariqasida o‘rganilib, asosiy e’tibor gabarit chiroqlarining holatiga hamda yuk avtomobillari bortining yon va orqa tomonlarida nur qaytargichlar mavjudligiga qaratildi.
O‘z navbatida, 87 yuk avtomobili bortining yon va orqa tomonlariga nur qaytargichlar o‘rnatilish tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir davomida yuk avtomobillari haydovchilari bilan yo‘l harakati hamda yuk tashish qoidalariga rioya etish, yo‘llarda harakatlanishda chap qatorni band qilmaslik lozimligi yuzasidan navbatdagi targ‘ibot suhbatlari olib borildi.
Bundan tashqari, suhbatlar davomida yuk avtomobilining orqa yoki yon qismlarida muhofaza to‘siqlari mavjud bo‘lmagan hollarda muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq ekanligi tushuntirildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari hamda noxush holatlarning barvaqt oldini olish, yuk tashishda xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashdan iborat.
Yuk avtomobillari haydovchilaridan yuk avtomobillarining orqa yon tomonlarini nur qaytargichlar bilan jihozlash, muntazam ravishda gabarit chiroqlarining soz holda bo‘lishini nazorat qilib borishlarini so‘raymiz.
Rustam ASQAROV,
Toshkent viloyati IIBB YHXB
Matbuot bo‘linmasi boshlig‘i