Nostrifikatsiya bo‘yicha imtihon sanasi ma’lum bo‘ldi
2026-yil 21-may kuni xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish — nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Talabgorlar my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida topshirgan ariza raqami orqali test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar hamda imtihon hududlari haqidagi ma’lumotlar bilan maxsus PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.
Imtihon ishtirokchilari belgilangan vaqtdan kechikmagan holda test o‘tkaziladigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim.
Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududi yoki imtihon tilini o‘zgartirish istagida bo‘lgan talabgorlar maxsus telegram-bot orqali murojaat qilishlari mumkin. Bunda ariza raqami, familiyasi, ismi va sharifi ko‘rsatilishi lozim.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA