“Norway Chess Open”da hamyurtlarimiz sovrindor bo‘ldi
Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Norway Chess Open” xalqaro turnirida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi.
Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dunyoning 10 dan ortiq davlatidan 101 nafar shaxmatchi qatnashgan turnirda aql gimnastikasi sohiblari ikki guruhda g‘oliblik uchun dona surdi.
E’tiborlisi, blits turnirida o‘zbekistonlik shaxmatchilar sovrinli o‘rinlarga ega chiqishdi. Murosasiz bahslarda 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘argan Muhiddin Madaminovga 2-o‘rin nasib etgan bo‘lsa, yana bir iste’dodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zA