Norov va Yan uchrashuvi haqida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yanni qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston - Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, tomonlar XXR Davlat Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlar natijasini yuqori baholadi.
O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokara davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
O‘zA