Nomingizga kredit olinishining oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?(+video)
Markaziy bank tomonidan 2026-yilda tasdiqlangan yangi tartibga muvofiq, firibgarlik (frod) yo‘li bilan rasmiylashtirilgan onlayn kreditlarni undirish to‘xtatiladi.
So‘nggi yillarda fuqarolarning xabarisiz ularning nomiga onlayn kreditlar rasmiylashtirish holatlari ko‘payganligi sababli Markaziy bank tomonidan 3759-sonli Nizom tasdiqlandi. Hujjat bank va to‘lov tashkilotlari zimmasiga xavfsizlik majburiyatlarini yuklash orqali aholi mablag‘larini himoya qilishga qaratilgan. Yangi tartibga ko‘ra, agar onlayn kredit shaxsning roziligisiz, firibgarlik yo‘li bilan olingani aniqlansa, ushbu qarzdorlikni undirish muzlatib qo‘yiladi. Ushbu mavzu yuzasidan ekspert Shohjahon Shomurodov bilan suhbatlashdik.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Nishonboy Abduvoitov, O‘zA