Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeks ishlab chiqiladi
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-fevralga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz: Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri NNTning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashishdir.