Nima uchun uyda qolishimiz shart?
Hozir tavakkal qilishning mavridi emas.
“Avtohamroh” bu borada ajoyib tavsiyalar beribdi
Hozir tavakkal qilishning mavridi emas. Chunki har bir notoʻgʻri xatti-harakatimiz nafaqat oʻzimiz, balki yon-atrofimizdagi yuzlab insonlar jonini, salomatligini ham xatarga qoʻyishi mumkin. Shunday ekan, mutasaddilar ham, mutaxassislar ham asosan bir talab va tavsiyani esga solishdan charchashgani yoʻq. Chunki eng oqilona chora shu — uyda qolish!
Bu ezgu chaqiriqni “Avtohamroh” jurnali jamoasi ham toʻliq qoʻllab-quvvatlab, nashrning maxsus sonini chiqarishibdi. U toʻliq mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi, bu ofatni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlarga bagʻishlanadi.
Jurnaldan Prezidentimizning koronavirus bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha xalqqa murojatlari, shu mavzuda oʻtkazgan videosektor yigʻilishlari tafsilotlari oʻrin olgan. Shuningdek, oʻquvchilarga “SOVID-19” virusidan himoyalanish boʻyicha infografika tarzidagi tavsiyalar ham berilgan.
Shu kunlarda yurtdoshlarimizning aksariyati oilasi va yaqinlari davrasida ekanligini hisobga olsak, “Avtohamroh” jurnaligning maxsus soni uyda qolganlar uchun qiziqarli va kerakli manba boʻlishiga ishonamiz.
F. Boʻtayev