Neymar o‘z kumiri haqida gapirdi
Shu haftada «Santos» hujumchisi Neymar bilan yangi intervyu e’lon qilinadi. Ushbu suhbat katta ehtimol bilan iqtiboslarga bo‘linib ketadi va unda Neymarning bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etish istagi haqidagi bayonotlarni kutish mumkin.
Hozircha esa Ziggo Sport nashri intervyudan ayrim parchalarni e’lon qildi. Ulardan birida 34 yoshli Neymar Dennis Bergkampning o‘yini uni hayratga solganini so‘zlab bergan.
«Menga Dennis Bergkampning o‘yinlarini tomosha qilish yoqar edi — u maydonda haqiqiy sehr yaratar edi», — dedi Neymar.
Ma’lumot o‘rnida, Dennis Bergkamp o‘z faoliyati davomida «Ayaks», «Inter» va «Arsenal» kabi klublarda to‘p surgan.
Neymar hali ham tarixdagi eng qimmat futbolchi bo‘lib qolmoqda — 2017-yilda «PSJ» braziliyalik uchun 222 million yevro to‘lagan edi.