Neymar katta ehtimol bilan JCH-2026ga bormaydi
Neymarning terma jamoaga ehtimoliy qaytishi — jahon chempionati arafasida Braziliya futbolidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.
«Santos»ning 34 yoshli futbolchisi «pentakampeonlar»ning mart oyidagi yig‘iniga taklif etilmadi, biroq u hali ham bo‘lajak mundialga borishdan umidini uzmagan. The Touchline nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi Neymarni JCh-2026 qaydnomasiga kiritishni rejalashtirmayapti. Ko‘rinishidan, yulduz hujumchi endi terma jamoalar miqyosidagi asosiy turnirda boshqa maydonga tushmaydi.
Braziliya ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi yozda Neymarni milliy terma jamoa safiga chaqirmaslik niyatida ekanligini xabar qilishdi. Shunga qaramay, «selesao» vakillari «Santos» ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatishda davom etadilar.