Neymar: "Futbol juda ham o‘zgarib ketdi"
Futbol juda jismoniy sport turiga aylanib qoldi.
"Santos" hujumchisi Neymar futbol va eng yaxshi driblyorlar haqida gapirdi.
"Futbol juda o‘zgardi. Hozirda u katta kuch va shiddat talab qiladi. Shu sababdan ham biz to‘p bilan o‘ziga xos harakatlarni amalga oshira oladigan driblyorlarni yo‘qotib boryapmiz. Bugun bunday o‘yinchilar juda kam: Vinisius, Rodrigo, Sherki... boshqalarni hatto eslay ham olmayman. Jismoniy kuch ustida ko‘proq ishlay boshlaganingizda, texnik mahoratingizning bir qismini yo‘qotasiz. Futbol juda jismoniy sport turiga aylanib qoldi", - dedi Neymar.
Ma’lumot uchun, Neymar fevral oyida 34 yoshga to‘lgan edi.