Netanyaxu: Isroil ehtimoliy zilzilaga tayyorlanmoqda
Isroil ehtimoliy zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli mashqlarni olib bormoqda, deb bayonot berdi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Bugun favqulodda vaziyatlarga tayyor turish bo‘yicha vazirliklararo komissiya majlisini chaqirdim. Majlis kun tartibida yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish. Noyabrda aholini zilziladan avvalroq ogohlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli mashqlarni boshlaymiz, xavfli hududlarda joylashgan binolarni mustahkamlash ustida ish olib bormoqdamiz”, – degan bosh vazir.
“Ishonchim komilki, agar to‘g‘ri tayyorgarlikdan o‘tsak ko‘riladigan zarar miqdorini ancha pasaytirgan bo‘lamiz. Buni qila olamiz va muvaffaqiyatga erishamiz”, – deydi Isroil hukumati rahbari.