Netanyahuning bahsli qarori, Trampning tahdidi va Yevropada yangi cheklovlar - Xorij xabarlari(+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu “NAZA” filmi rejissyorlarini fuqarolikdan mahrum qilish tashabbusini ilgari surayotgani, Singapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berilayotgani hamda husiylar Saudiya Arabistoniga tegishli F-15 qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma’lum qilgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada bilan bog‘liq savdo masalasi sabab Yevropa Ittifoqi bilan savdoni to‘xtatish ehtimolini bildirgani, Yevropada 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklif etilayotgani hamda Britaniyada 350 kishilik qishloq aholisi mustaqillik talabini ilgari surgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA