Nepalda samolyot halokati: hech kim omon qolmadi
Nepalda Pokxari xalqaro aeroporti yaqinida kecha halokatga uchragan samolyotda hech kim omon qolmadi. Hukumat matbuot xizmati hozircha 68 kishining jasadi topilganini aytmoqda.
Samolyot bortida 72 yo‘lovchi va epikaj a’zolari bo‘lgan.
“Yeti Airlines” kompaniyasining turbovintli samolyoti yakshanba kuni ertalab qo‘nayotgan paytda halokatga uchradi. 300 metr chuqurlikdagi jardan qoldiqlar topilgan.
Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bayonotida aytilishicha, fojia qurbonlari orasida to‘rt rossiyalik, 5 hindistonlik, shuningdek, Janubiy Koreya, Irlandiya, Avstraliya, Argentina va Fransiya fuqarolari, jami 15 nafar xorijlik bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot poytaxt Katmandudan Pokxara kurort shahriga uchayotgan bo‘lgan. Parvoz odatda 27 daqiqa surar edi.
O‘zA