Nepalda samolyot halokatga uchragan joyda 14 kishining jasadi topildi
Nepalda samolyot qulab tushgani ma’lum qilinmoqda. Halokat sodir bo‘lgan joydan 14 kishining jasadi topildi, deyiladi Tara Air aviakompaniyasi vakili Sudarshan Bartauluning Kathmandu Post nashriga bergan intervyusida.
"Jasadlar samolyot qulab tushgan joydan aylanasiga 100 metr masofada sochilib yotibdi, ularni qidiruv-qutqaruv guruhi yig‘ib olmoqda", – degan u.
Vakilning ta’kidlashicha, samolyot tog‘ qoyasiga borib urilgan va bo‘laklarga bo‘linib, sochilib ketgan. Bortida 22 kishi bo‘lgan samolyot Pokxara shahri aeroportidan parvoz qilgandan keyin bir necha daqiqa o‘tgach, aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Ekipaj a’zolari tarkibiga uch kishi kirgan. Yo‘lovchilarning 16 nafari nepallik, to‘rt nafari hindistonlik va yana Germaniyaning ikki fuqarosi ham bo‘lgani aytilmoqda.