Nepalda nega suv toshdi? (+video)
So‘nggi kunlarda Himolay tog‘lari bag‘rida joylashgan Nepalda yuz bergan tabiiy ofat butun dunyo e’tiborini tortdi. Ulkan muz, tosh va loy oqimi bir necha daqiqa ichida qishloqlar, muhim avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va infratuzilma ob’ektlariga jiddiy zarar yetkazdi.
Xo‘sh, Nepaldagi falokatga aslida nima sabab bo‘lgan edi? Bu oddiy toshqin edimi yoki tog‘dagi muzlik va tog‘ jinslarining ko‘chishi oqibatida yuzaga kelgan xavfli jarayonmi? Nega bunday oqim shunchalik qisqa vaqt ichida katta hududni qamrab oldi?
Shuningdek, Himolayda muzliklarning erishi, iqlim o‘zgarishi va tog‘ jinslarining beqarorlashuvi kelgusida bunday ofatlar xavfini qay darajada oshirishi mumkin? Nepal va Xitoy chegarasidagi falokat qanday oqibatlarga olib keldi? Qutqaruv ishlari qanday sharoitda olib borilmoqda va aholi bunday tabiiy ofatlardan o‘zini qanday himoya qilishi mumkin?
Ushbu savollarga “Xavfli nuqtalar” ko‘rsatuvida javob izlashga urinib ko‘ramiz. Himolayda sodir bo‘lgan falokatning sabablari, oqibatlari va iqlim o‘zgarishining tog‘li hududlarga ta’siri haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA