Neft bozorida yangi kelishuvga erishildi
Bir necha haftadan buyon Rossiya bilan Saudiya Arabistoni neft narxi borasida kelisha olmay turgan edi. Bu esa qora oltinning jahon bozoridagi narxini qariyb ikki barobarga tushirib yubordi yubordi.
Bir necha haftadan buyon Rossiya bilan Saudiya Arabistoni neft narxi borasida kelisha olmay turgan edi. Bu esa qora oltinning jahon bozoridagi narxini qariyb ikki barobarga tushirib yubordi yubordi.
Nihoyat, oʻtgan juma kuni OPEK+ga aʼzo mamlakatlarning majlisi boʻlib oʻtdi, va tomonlar neft ishlab chiqarish borasida bir toʻxtamga kelishdi.
Ushbu bitim ikki yilga moʻljallangan boʻlib, u 2022-yil may oyigacha amalda boʻladi.
Kelishuvga binoan, dastlabki ikki oyda qora oltin qazib olish sutkasiga oʻn million barrelga qisqaradi. Yilning ikkinchi yarmida bu koʻrsatkich sakkiz millionni tashkil etadi, 2021-yilda esa kunlik qazib olish olti million barrelga tushiriladi.
Mazkur bitimda 23 ta davlat ishtirok etmoqda. Ularning oʻntasi OPEK+ka aʼzo boʻlgan mamlakatlar boʻlib, bular: Jazoir, Angola, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Gabon, Iroq, Kuvayt, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, BAA.
OPEKka kirmaydigan davlatlar soni ham oʻnta: Ozarbayjon, Baxrayn, Bruney, Qozogʻiston, Malayziya, Meksika, Umon, Rossiya, Sudan, Janubiy Sudan.
Ushbu tashkilotga aʼzo yana uchta mamlakat, yaʼni Eran, Liviya i Venesuela mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli neft qazib olish hajmini qisqartirishdan ozod etildi.
Shuningdek, OPEK+ mamlakatlari xalqaro neft bozorini kuzatib turishi ham belgilandi.
“Agar zarurat tugʻilsa, qoʻshimcha choralar koʻriladi yoki mamlakatlar tezkor usul bilan neft qazib olish koʻrsatkichlari yana tiklaydi va bozorda qora oltinning haddan ortiq koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaydi. Mamlakatlar, ham ishlab chiqaruvchi, ham isteʼmol qiluvchi sifatida harakat qilishi lozim “, — deyiladi ekspertlar bayonotida.
Masalan, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novakning taʼkidlashicha, OPEK+ ishtirokchilari ushbu bitimning davomiyligi borasida turli variantlarni koʻrib chiqishgan, ammo ikki yil eng samarali muddat ekanini eʼtirof etishgan. Uning aytishicha, alyans ishtirokchilari ushbu muddatni uzaytirishi ham mumkin yoki muddatidan avval toʻxtatishi ham mumkin. Bu bozorning tiklanish muddatiga bogʻliq.
Oʻz navbatida, Novak rossiyalik kompaniyalar yangi bitim doirasida ishlab chiqarishni qisqartirishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Bunga dunyoda yirik neft qazib oluvchi mamlakatlarning hammasi ham birdek rozimi, degan savol tugʻilishi tabiiy. Chunki dunyoda neft savdosi bilan shugʻullanuvchilar faqat 23 ta mamlakatdan iborat emas. Bu oʻyinda AQSH bilan Meksika ham ishtirok etishi lozim, deydi ayrim kuzatuvchilar. Masalan, AQSH energetika vaziri Den Bruyet oʻz davlatining neft qazib olishni qisqartirish boʻyicha OPEK+ bitimida ishtirok etmaganidan “juda xafa boʻlganini“ taʼkidlaydi.
“Barchamizga maʼlumki, bir nechta mamlakat bozordan kuniga 10 million barrel neftni olib tashlash haqidagi bitimni muhokama qilishdi, biroq ushbu bitim materializatsiya qilinmadi. Bu juda afsuslanarli “, — deyiladi uning bayonotida.
Shuningdek, Meksika ham AQSH bilan neft qazib olish hajmini qisqartirish haqida kelishib olganini maʼlum qildi.
Bu haqda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 10-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan bir qarorga kelganini aytgan.
“Biz kunlik neft ishlab chiqarish hajmini 100 ming barrelga qisqartirishga kelishib oldik. AQSH Meksikaga yordam berish uchun qoʻshimcha ravishda kunlik koʻrsatkichni 250 ming barrelga qisqartirishga vaʼda berdi“, — dedi Lopes-Obrador matbuot anjumanida.
Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, OPEK+ mamlakatlarining bu galgi majlisi alyans tarixidagi eng muhimi uchrashuvlardan biri boʻldi. Unda koʻrilgan asosiy mavzu bir necha haftadan buyon qariyb ikki barobarga arzonlashib ketgan qora oltinning narxini ushlab turish uchun qazib olish hajmini qisqartirish masalasidir.
Toʻgʻri, rasmiy Vashington xususiy kompaniyalarga qancha neft qazib olish borasida buyruq berishga haqqi yoʻqligini ham eslatib oʻtdi. Yaʼni, prezident Donald Tramp taʼkidlaganidek, bu yerda barchasini “taklif va talab” belgilab beradi.
Shunga qaramay, Oq uy rahbari Amerika kompaniyalari allaqachon qisqartirishni boshlab yuborganini ham aytgan.
Darhaqiqat, oʻtgan seshanba kuni ExxonMobil sarmoya jalb qilishni 30 foizga qisqartirgani haqda maʼlum qildi. Bu neft qazib olishning kunlik hajmini kelgusi yilda 100-150 ming barrelga qisqartiradi deganidir. Shuningdek, Chevron ham qora oltin qazib olishga yoʻnaltirayotgan investitsiyasini 20 foizga kamaytirishi haqida maʼlum qildi.
Yana bir yirik slans konlarini oʻzlashtiruvchi Continental Resources kompaniyasi ham aprel-may oylari davomida kunlik koʻrsatkichni 100-150 ming barrelga qisqartiradigan boʻldi, — deydi ushbu kompaniyaning ijrochi direktori Bill Berri.
Kuzatuvchilar agarda kechagi majlisda kelishuvga erisha olinmaganda edi, bozor kuchli silkinishni boshdan kechirgan boʻlardi, degan fikrlarni ham ilgari surishmoqda. Ayrim ekspertlarning taʼkidlashicha, hatto, Brent markasi aprel oyida 10 dollargacha tushib ketishi mumkin edi.
Qolaversa, Fitch reyting agentligi tahlilchilari bundan ham battarroq ahvolni bashorat qilishdi. Ularning hisob-kitobicha, ahvol shu tarzda davom etganda edi, qora oltinning narxi bir xonali son bilan belgilanadigan boʻlib qoladi.
Xullas unday boʻlmadi, tomonlar bir toʻxtamga kelishdi. Zero energetika sohasida kechgan kichkina silkinish ham boshqa sohalarda yoki jahon iqtisodiyotida kuchli aks-sado beradi. Qolaversa, mazkur kelishuv qora oltin bozorida bir yoki ikki mamlakat oʻzlari istagan ob-havoni yarata olmasligini, bunday sharoitda hamkorlikda ish koʻrish eng toʻgʻri yoʻl ekanini yana bir bor isbotladi.
Internet materiallari asosida